Friday, 7 August 2026
← Go to the news

IFFHS Yevropa-2023 ramziy jamoasini tuzdi — eng ko‘p futbolchi Angliyadan

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Yevropaning eng yaxshi o‘yinchilaridan 2023 yil ramziy jamoasini tuzdi.

Tarkibdan 3 nafar ingliz futbolchisi o‘rin oldi.

Darvozabon: Tibo Kurtua (Belgiya,
«Real»);

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold (Angliya, «Liverpul»), Ruben Diash (Portugaliya, «Manchester Siti»), David Alaba (Avstriya, «Real»);

Yarimhimoyachilar: Rodri (Ispaniya, «Manchester Siti»), Kevin de Bryuyne (Belgiya, «Manchester Siti»), Jud Bellinghem (Angliya, «Borussiya»/«Real»), Bernardu Silva (Portugaliya, «Manchester Siti»);

Hujumchilar: Harri Keyn (Angliya, «Tottenhem»/«Bavariya»), Erling Holand (Norvegiya, «Manchester Siti»), Kilian Mbappe (Fransiya, «PSJ»).