fbpx Betguru » Ibrahimovichning o‘g‘li «Milan» bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Ibrahimovichning o‘g‘li «Milan» bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi

Zlatan Ibrahimovichning o‘g‘li Maksimilian «Milan» o‘yinchisiga aylandi.

17 yoshli Maksimilian Ibrahimovich klub bilan faoliyatidagi birinchi professional shartnomani imzoladi. U klubning yoshlar jamoasi safida faoliyat yuritadi.

Qayd etish joiz, Zlatanning o‘g‘li bungacha «Milan»ning turli yosh toifalaridagi jamoalarida to‘p surib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich 2023 yil 41 yoshda klubda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.

image