← Go to the news

03.06.2024
113
Futbol
Hummels A Seriya klubiga o‘tishga yaqin
«Borussiya» himoyachisi Mats Hummels nemis klubini tark etib, faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Patrik Berger ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, 35 yoshli futbolchiga «Milan» qiziqish bildirmoqda.
Bu mavsumda Hummels barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi 2024 yilning iyulida yakuniga yetadi.
Bugun, 1 iyun kuni «Borussiya» Chempionlar Ligasi finalida «Uembli»da «Real»ga qarshi o‘ynaydi.