fbpx Betguru » FIFA Saudiyaning iqlim sharoiti va Ramazon oyi sabab JCH-2034 sanalarini belgilashda qiynalmoqda
Sunday, 22 December 2024
← Go to the news

FIFA Saudiyaning iqlim sharoiti va Ramazon oyi sabab JCH-2034 sanalarini belgilashda qiynalmoqda

FIFA 2034 yilgi jahon chempionati sanalarini belgilashda qiynalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining turnir mezbonligi uchun arizasi rekord darajada — 420 ball bilan baholangani xabar qilingandi. Yaqin Sharq mamlakati 2034 yilgi jahon chempionati uchun yagona da’vogar bo‘lib qolmoqda.

FIFA hisobotida Saudiya Arabistonidagi iqlim va Ramazon oyiga e’tibor qaratilgan. Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi havo harorati oktyabr-aprel oylarida eng mo‘’tadil bo‘lib, mezbon shaharlarda o‘rtacha harorat 15°C dan 30°C gacha bo‘ladi. May va sentyabr oylari orasida o‘rtacha kunlik harorat 17°C dan 38°C gacha o‘zgarib turadi, ammo maksimal kunduzgi harorat sezilarli darajada yuqori bo‘lishi mumkin.

Ramazon oyi islom qamariy taqvimiga ko‘ra, musulmonlar uchun muqaddas oydir. Har yili Saudiya Arabistoniga dunyoning turli burchaklaridan 1,5 milliondan ortiq ziyoratchilar keladi. 2034 yilda Ramazon noyabr-dekabr oylariga to‘g‘ri keladi.

«Mahalliy iqlim sharoiti hamda 2034 yilga rejalashtirilgan sport va madaniy tadbirlar taqvimini hisobga olgan holda, musobaqani o‘tkazish uchun maqbul vaqtni belgilash bir qator qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Biroq da’vogar tomonidan ko‘rsatilgan moslashuvchanlik va hamkorlik ruhi bu qiyinchiliklarni qisman yumshatadigan omillardir», — deyiladi FIFA hisobotida.

image