fbpx Betguru » Dovbik «Atletiko» bilan kelishuvga erishdi. «Jirona» hujumchi uchun 40 million yevro so‘ramoqda
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Dovbik «Atletiko» bilan kelishuvga erishdi. «Jirona» hujumchi uchun 40 million yevro so‘ramoqda

La Liga yakunlangan mavsumining eng yaxshi to‘purari Artyom Dovbik «Atletiko»ga o‘tishga yaqin.

Sky Sport Deutschland va Relevo nashri xabariga ko‘ra, ukrainalik forvard Madrid klubi bilan kelishuvga erishgan. Dovbik «Jirona»ni tark etish arafasida turibdi.

Qayd etilishicha, «Jirona» Dovbikning shartnomasida belgilangan 40 million yevro tovon pulini olmoqchi. Madrid klubi narxni pasaytirishga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Artyom La Ligadagi 36 o‘yinda 24ta gol va 8ta assist qayd etgandi.

image