← Go to the news

02.05.2024
137
Futbol
Bundesligadan tushib ketgan birinchi klub ma’lum bo‘ldi
Ushbu mavsumda Bundesligadan tushib ketgan birinchi klub aniqlandi.
31-turda «Darmshtadt» o‘z uyida «Haydenhaym»ga (0:1) yutqazib qo‘ydi va Torsten Liberknext jamoasi Germaniya yuqori divizionida qolish imkoniyatini yo‘qotdi.
«Darmshtadt» 17 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida so‘nggi, 18-o‘rinda bormoqda va chempionat yakuniga uchta tur qolganida o‘tish o‘yinida qatnashish huquqini beruvchi 16-o‘rindan 11 ochkoga ortda qolmoqda.