fbpx Betguru » «Bu hayotimdagi eng yaxshi oqshom» – Bellinghem «Real»ning YeCHLdagi g‘alabasi haqida
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

«Bu hayotimdagi eng yaxshi oqshom» – Bellinghem «Real»ning YeCHLdagi g‘alabasi haqida

«Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem YeCHL finalida «Borussiya» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Finalda maydonga tushib, orzum amalga oshdi. Hayoting davomida juda ko‘pchilik senga ishonmaydi va shunday lahzalarda nima uchun faqat olg‘a borishda davom etganingni tushunasan. Bolaligimda kechalari meni futbol maktabidan olib ketadigan ota-onamning finaldan keyingi holatini ko‘rib, ko‘z yoshlarimni tiya olmadim. Ungacha esa shunchaki xursand edim. Hozir hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalay olmayman. Bu hayotimdagi eng yaxshi oqshom», – deydi Bellinghem.

Ma’lumot uchun, Bellinghem 2023 yil «Borussiya»dan «Real»ga o‘tgandi.

image