fbpx Betguru » Bouen: «Angliya 4 ochko bilan guruhda peshqadam, ammo tanqidlardan go‘yo biz ikki o‘yinda ham yutqazib, so‘nggi o‘ringa tushgandek»
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

Bouen: «Angliya 4 ochko bilan guruhda peshqadam, ammo tanqidlardan go‘yo biz ikki o‘yinda ham yutqazib, so‘nggi o‘ringa tushgandek»

Angliya milliy jamoasi hujumchisi Jerrod Bouen ingliz matbuotida mamlakat jamoasining tanqid qilinayotganiga munosabat bildirdi.

Avvalroq, Angliya milliy jamoasi sobiq o‘yinchisi Gari Lineker jamoa o‘yinini jiddiy tanqid qilib, jamoa o‘yinini «axlat» deb atagandi.

«Linikerning tanqidi bu darajada ekanini bilmasdim. Ammo Gari darajasidagi sobiq o‘yinchilarning milliy jamoani tanqid qilishga haqqi bor. Ammo ularning fikriga qo‘shilmayman. Bizda 4 ochko bor va Angliya guruhda peshqadamlik qilmoqda. Tanqidlardan esa go‘yo biz ikki o‘yinda ham yutqazib, so‘nggi o‘ringa tushgandek. Seshanba kungi uchrashuvni intiqlik bilan kutyapmiz», – deydi «Vest Hem» va Angliya milliy jamoasi forvardi.

Ma’lumot uchun, Angliya Yevro-2024 3-turi doirasida seshanba oqshomida Sloveniyaga qarshi maydonga tushadi.

image