← Go to the news
27.06.2024
82
Futbol
«Borussiya D» «Shtutgart» to‘purari bilan kelishuvga erishdi
Seru Girassi «Borussiya»ga o‘tishga yaqin turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Dortmund klubi «Shtutgart»ning 28 yoshli hujumchisi bilan bir necha oy davomida muzokara olib borgan. Yaqin orada klublar o‘rtasida ham muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. «Borussiya» futbolchining 17,5 mln yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor.
O‘tgan mavsumda Girassi Bundesligada faqat Harri Keyndan («Bavariya») ortda qolib, ikkinchi to‘purarga aylandi. Gvineyalik hujumchi «Shtutgart» uchun 28 ta o‘yinda 28 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.