Friday, 7 August 2026
← Go to the news

Blind Niderlandiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Deyli Blind Niderlandiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

34 yoshdi himoyachi jamoa safida 108 ta o‘yin o‘tkazgan.

«Niderlandiya libosini 108 marta kiyish sharaf edi. Futbolchi uchun o‘z mamlakati sharafini himoya qilish eng katta yutuqdir. 11 yil davomida men chiroyli to‘q sariq rangli futbolkani kiyishni davom ettirish uchun hamma narsa qildim.

Bu menga juda ko‘p ajoyib lahzalarni olib keldi, ularni qalbimda saqlab qolaman. Hozir yangi, iqtidorli avlod yetishib chiqmoqda. Bosh murabbiy bilan ijobiy suhbatdan so‘ng bor e’tiborni to‘liq klubim va oilamga qaratishga qaror qildim.

Takror aytaman, bu — katta sharaf! Murabbiylar, xodimlar, jamoadoshlar va, albatta, apelsin legioniga rahmat, ajoyib yillar bo‘ldi! Men sizni sog‘inaman. Hammaga rahmat», — deb yozadi hozirda «Jirona»da o‘ynayotgan «MYU», «Bavariya» va «Ayaks»ning sobiq himoyachisi.