← Go to the news

22.08.2024
98
Futbol
«Bavariya» o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Bundesliga startidan oldin «Bavariya» Shveysariyaning «Grassxopper» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Uchrashuvda Olise, Keyn, Tel va Myuller tomonidan kiritilgan gol Myunxen jamoasiga yirik hisobli g‘alabani keltirdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. 20 avgust
«Bavariya» Germaniya – «Grassxopper» Shveysariya – 4:0
Gollar: 1:0 – Olise (12), 2:0 – Keyn (47), 3:0 – Tel (68), 4:0 – Myuller (90+1).
«Bavariya»: Ulrayx, Aznu (Boe, 62), Laymer (Pavlovich, 62), Dayer (Kim Min Chje, 62), Devis (Gerreyru, 62), Palinya (Kimmix, 62), Goretska (Upamekano, 62), Olise (Gnabri, 62), Vidovich (Irankunda, 62), Koman (Tel, 62), Keyn (Myuller, 62).