fbpx Betguru » «Barselona» Rafinyani 50 million yevroga sotmoqchi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

«Barselona» Rafinyani 50 million yevroga sotmoqchi

«Barselona» Rafinya bilan xayrlashishga tayyor.

Diario Sport xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 27 yoshli vinger uchun 50 million yevrolik taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuboradi. Braziliyalikning kelajagi «Atletik»dan Niko Uilyamsning trancfer qilinishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, Rafinyaga «Al Hilol» qiziqish bildirayotgani aytilgandi.

Ma’lumot uchun, Rafinya o‘tgan mavsum La Ligada 28 o‘yinda 6 ta gol urdi va 9 ta assist qayd etdi.

image