Arteta: «G‘alabaga haqli edik. 1-bo‘limda ko‘proq gol urishimiz kerak edi»
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 9-turi doirasidagi «Liverpul» (2:2) bilan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Jamoam bilan juda faxrlanaman. O‘zimiz xohlagandek — dadil, samarali va ustun o‘ynadik, ayniqsa birinchi bo‘limda. Birinchi bo‘limda ko‘proq gol urish kerak edi. Ikkinchi bo‘limda raqib yaxshilandi, bizga esa jasorat yetishmadi.
Bu o‘yinda g‘alaba qozonishga haqli edik. Yaxshiroq o‘ynadik. O‘tkazib yuborilgan ikkala gol ham bizga dars bo‘ldi. Nima qilishimiz kerakligini aniq bildik va to‘p bilan ham, to‘psiz ham qat’iyatli va agressiv edik. Yana bir necha lahzalar bo‘ldiki, to‘pni darvozaga tepishimiz kerak edi.
Yanada dadilroq o‘ynashimiz kerak edi. Ko‘p vaziyatlar yaratdik», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi BBC.