fbpx Betguru » APL. «Nyukasl» «Vulverhempton» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 3-o‘ringa ko‘tarildi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

APL. «Nyukasl» «Vulverhempton» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Angliya chempionatining 4-turini yakunlab bergan o‘yinda «Nyukasl» mehmonda «Vulverhempton» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Eddi Hau jamoasi ochkolarini 10 taga yetkazib, 3-pog‘onaga chiqib oldi. 1 ochkosi bor «Vulverhempton» 18-o‘rinda qoldi.

APL. 4-tur

Vulverhempton — Nyukasl 1:2

15 sentyabr, «Molinyu»

Gollar: Lemina (36) — Sher (75), Barns (80).

Vulverhempton – Jonston, Ait-Nuri (Borjesh, 86), Douson, Moskera, Semedu (Doerti, 77), Kunya, Bellgard (Hvan Hi Chan, 71), Gomes, Andre (Doyl, 77), Lemina, Larsen (Gedesh, 86).

Nyukasl – Poup, Holl, Bern, Sher, Livramento (Trippiyer, 64), Bruno Gimaraes (Kelli, 87), Longstaff (Tonali, 46), Joelinton (Uillok, 46), Merfi, Gordon, Isak (Barns, 46).

Ogohlantirishlar: Joelinton (38), Bern (52), Ait-Nuri (63), Semedu (70), Andre (73), Merfi (90+6).

image