fbpx Betguru » APL. «Liverpul» safarda «Vulverhempton»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
Friday, 18 October 2024
← Go to the news

APL. «Liverpul» safarda «Vulverhempton»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

APL 6-turi doirasidagi shanba kungi so‘nggi o‘yinda «Liverpul» «Vulverhempton» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvda Konate hisobni ochgan bo‘lsa, Ait-Nuri farqni tenglashtirdi. 61-daqiqada esa Saloh penaltidan jamoasiga g‘alaba keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, «Liverpul» 15 ochko bilan «Siti» va «Arsenal»ni bir ochkoga ortda qoldirib, turnir peshqadamiga aylandi. «Vulvz» esa so‘nggi 20-o‘rinda bormoqda.

APL. 6-tur

Vulverhempton – Liverpul 1:2

Gollar: 0:1 – 45+2 Konate, 1:1 – 56 Ait-Nuri, 1:2 – 61, penalti Saloh

Vulverxempton – Jonston, Ait-Nuri, Gomesh, Bueno (Doyl, 77), Semedu, Andre, Bellgard (Borjesh, 52), Gomes, Lemina, Mateus Kunya, Larsen (Xvan Xi Chxan, 68).

Liverpul – Alisson, Robertson (Gomes, 89), van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold, Mak Allister, Gravenberx, Soboslai (Jons, 73), Dias (Gakpo, 73), Saloh, Diogu Jota.

image