fbpx Betguru » Anchelotti YeCHL g‘olibligidan keyin: «Peresga endi 16-chempionlik haqida o‘ylay boshlashi kerakligini aytdim»
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Anchelotti YeCHL g‘olibligidan keyin: «Peresga endi 16-chempionlik haqida o‘ylay boshlashi kerakligini aytdim»

«Real» ustozi Karlo Anchelotti YeCHL finalida «Borussiya» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) keyin kelasi mavsumda ham chempionlikni ko‘zlayotganini ma’lum qildi.

«Qiyin uchrashuvni o‘tkazdik, ayniqsa birinchi bo‘lim og‘ir o‘tdi. Keyin esa tempni oshirishga erishdik va ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘yin evaziga yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalandik. Ha, finalda zaxiradan maydonga tushadigan o‘yinchilarga katta umid bildiriladi, ammo endi hammasi ikkinchi darajali, chunki hozir juda baxtiyormiz.

Ha, endi chempionlikni bayram qilamiz. Florentino Peresga endi 16-chempionlik haqida o‘ylay boshlashi kerakligini aytdim. Ammo bu ishni ertadan qilish kerakligini aytmayman», – deydi Karlo Anchelotti finaldan so‘ng.

image