fbpx Betguru » Amerika Kubogi-2024. Venesuela Meksikani mag‘lub etib, muddatidan avval chorakfinalga chiqdi
Monday, 16 September 2024
← Go to the news

Amerika Kubogi-2024. Venesuela Meksikani mag‘lub etib, muddatidan avval chorakfinalga chiqdi

Amerika Kubogida V guruhida 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Venesuela (6) Meksikani (3) mag‘lubiyatga uchratib, muddatidan avval 1-o‘rin va chorakfinal masalasini hal qildi.

Ekvador (3) esa Yamayka (0) ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

So‘nggi turdagi Ekvador — Meksika o‘yinida ikkinchi yo‘llanma egasi aniqlanadi.

Amerika Kubogi. V guruhi. 2-tur. 27 iyun

Venesuela — Meksika 1:0

Gol: Rondon (57, penalti).

Venesuela – Romo, Aramburu, Osorio, Ferraresi, Navarro, Soteldo (Anxel, 82), Bello (Machis, 71), Martines, Errera (Makun, 89), Savarino (Kasseres, 46), Rondon (Kadis, 82).

Meksika – Gonsales, Sanches, Montes (Reyes, 46), Vaskes, Arteaga, Chaves, Rodriges (Vega, 61), Romo, Antuna (Uerta, 73), Kiniones (Pineda, 78), Ximenes (Martines, 61).

Ogohlantirishlar: Ferraresi (35), Ximenes (39), Navarro (64), Vega (64).

Ekvador — Yamayka 3:1

Gollar: Palmer (13, avtogol), Payes (45+4, penalti), Minda (90+1) — Antonio (54).

Ekvador – Dominges, Presiado, Torres, Pacho, Inkapie, Franko, Yeboa (Minda, 64), Kaysedo, Payes (Grueso, 88), Sarmiyento (Koroso, 90), Rodriges (Kaysedo, 88).

Yamayka – Ueyt, Lembikisa (Sifas, 88), Pinnok, Latiboder (Anderson, 84), Bernard (Hektor, 46), Li, Lou (Grey, 46), Palmer, Dekordova-Rid, Antonio, Nikolson (Dikson, 83).

Ogohlantirishlar: Lou (39), Hektor (49), Latibodiyer (80), Anderson (90+4).

image