fbpx Betguru » Amerika Kubogi-2024.. Argentina Kanadani mag‘lub etib finalga chiqdi, Messi turnirdagi ilk golini urdi
Sunday, 8 September 2024
← Go to the news

Amerika Kubogi-2024.. Argentina Kanadani mag‘lub etib finalga chiqdi, Messi turnirdagi ilk golini urdi

AQSHda o‘tayotgan Amerika Kubogida dastlabki finalchi aniqlandi.

Argentina Kanada ustidan g‘alaba qozonib, qit’a chempionligi unvonini himoya qilish uchun yana bir qadam tashladi. Messi musobaqadagi ilk golini urdi.

E’tiborlisi, jamoalar guruhda ham uchrashishgandi va unda ham 2:0 hisobida amaldagi chempionning qo‘li baland kelgandi.

Argentina finalda Kolumbiya — Urugvay juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Amerika Kubogi-2024. Yarimfinal
Argentina — Kanada 2:0
10 iyul, «Midoulends»
Gollar: Alvares (22), Messi (51).
Argentina – Emiliano Martines, Montiel (Molina, 71), Romero, Lisandro Martines, Talyafiko (Otamendi, 64), Di Mariya (Gonsales, 78), Mak Allister (Palasios, 78), De Paul, Fernandes, Messi, Alvares (Lautaro Martines, 78).
Kanada – Krepo, Lareyya (Ahmad, 55), Jonston, Kornelius, Lumpungu, Devis (Osorio, 71), Eushtakiu (Shuene, 72), Kone, Larin, Devid (Oluvaseyi, 64), Shaffelburg (Millar, 55).
Ogohlantirishlar: Devid (32), Eushtakiu (63), Marsh (77), Kone (79), Molina (88)

image