← Go to the news
![](https://www.betguru.info/wp-content/uploads/2024/12/Abduqodir-Husanovga-scaled.jpg)
06.12.2024
32
Futbol
Abduqodir Husanovga «Atletiko» qiziqish bildirmoqda – fransiyalik insayder
«Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatidagi o‘yinlari bilan qator klublarning diqqat e’tiboriga tushgan.
O‘zbekistonlik himoyachiga La Liga yetakchilaridan biri «Atletiko» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Madrid klubining Husanovga qiziqayotgani haqida fransiyalik insayder Muhammad Toubache «tvitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Avvalroq, Abduqodir Husanovga Angliyaning «Nyukasl», «Tottenhem», «Vest Hem» va yana 4 klubi qiziqayotgani haqida The Telegraf xabar qilgandi. Klub himoyachisini 25 million yevroga baholayotgani haqida xabar tarqalgandi.