fbpx Betguru » A Seriya. «Yuventus» va «Atalanta» mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi
Monday, 16 September 2024
← Go to the news

A Seriya. «Yuventus» va «Atalanta» mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi

Italiya chempionatida 1-tur bahslari yakunlandi.

Motta «Yuventus»dagi debyutida B Seriyadan chiqqan, Fabregas boshqaruvidagi «Komo»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Vea va Mbangula gol hamda assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishdi.

«Atalanta» esa mehmonda «Lechche» darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi. Jamoaning yangi futbolchilari Retegi va Breshianini dubl qayd etishdi.

A Seriya. 1-tur. 19 avgust

Yuventus — Komo 3:0

Gollar: Mbangula (23), Vea (45+1), Kambiyazo (90+1).

Yuventus – Di Gregorio, Kabal, Bremer, Gatti, Kambiyazo, Tyuram (Fajoli, 67), Lokatelli (Duglas Luis, 79), Vea (Savona, 46), Mbangula, Yildiz, Vlahovich.

Komo – Reyna, Sala, Barba, Goldaniga, Moreno, Da Kunya (Abilgor, 56), Bazelli (Engelhardt, 22), Brauneder, Strefetssa, Belotti (Gabrielloni, 56), Kutrone (Cherri, 63).

Ogohlantirishlar: Sala (9), Engelhardt (33), Lokatelli (57), Verdi (72), Goldaniga (76), Kambiyazo (88).

Lechche — Atalanta 0:4

Gollar: Breshianini (35, 66), Retegi (45, 57).

Lechche – Falkone, Gallo, Baskirotto, Gashpar, Jandre, Perre (Kulibali, 46), Ramadani (Marxvinski, 76), Dorgu, Rafiya (Berisha, 83), Morente (Banda, 46), Krstovich (Perotti, 69).

Atalanta – Musso, Jimsiti, Hin, de Ron, Breshianini (Palestra, 90), Rujeri, Zappakosta (Godfri, 68), Ederson, Pashalich (Sulemana, 90), de Ketelare (Bakker, 69), Retegi (Kassa, 83).

Ogohlantirishlar: de Ron (60), Ederson (80).

image