fbpx Betguru » A Seriya. «Yuventus» «Latsio»ni mag‘lub etib, peshqadamga yetib oldi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

A Seriya. «Yuventus» «Latsio»ni mag‘lub etib, peshqadamga yetib oldi

A Seriya 8-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Latsio»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida rimliklar 10 kishi bo‘lib qolgach, turinliklar 85-daqiqada kiritilgan avtogol evaziga g‘alabaga erishishdi – 1:0.

Shu tariqa, «Yuve» 16 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi va hozircha ochkolar bo‘yicha peshqadam «Napoli»ga yetib oldi.

A Seriya. 8-tur

Yuventus – Latsio 1:0

Gol: 1:0 – 85, avtogol Xila.

Yuventus – Di Gregorio, Kabal, Kalulu, Gatti (Danilo, 73), Savona (Vea, 54), Duglas Luis, Lokatelli (Fadjoli, 54), Tyuram (Adjich, 72), Yыldыz, Vlaxovich, Kambyazo.

Latsio – Provedel, Nunu Tavaresh (Pellegrini, 78), Romanoli, Xila, Marushich, Rovella, Genduzi (Vesino, 67), Dzakkani (Kastrovilli, 67), Dia (Gabarron, 27), Isaksen (Pedro, 67), Kastelyanos.

Chetlatish: Romanoli (24).

image