← Go to the news
22.07.2024
69
Futbol
14 yoshli Sallivan MLS tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi
14 yoshli Kavan Sallivan MLS tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi.
Chorshanba kuni «Filadelfiya Yunion» yarimhimoyachisi «Nyu-Inglend Revolyushn»ga (5:1) qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limi oxirida zaxiradan maydonga tushirildi.
Kavan MLSdagi debyutini 14 yoshu 298 kunligida o‘tkazdi va 2004 yil aprelda 14 yoshu 306 kunligida o‘ynagan Freddi Aduning rekordini yangiladi.
Ma’lumot uchun, Sallivan 2027 yilda — 18 yoshga to‘lganidan keyin «Manchester Siti»ga o‘tadi.