Friday, 7 August 2026
← Go to the news

YeCHL. «Real» va «Man Siti» o‘rtasidagi birinchi yarimfinalda kuchlar teng keldi

Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinal bosqichi boshlandi.

Dastlabki yarimfinalda turnirning amaldagi g‘olibi «Real» Madridda APL chempioni «Manchester Siti»ni qabul qildi. Mehmonlar ustunligida o‘tgan birinchi bo‘limda Vinisius chiroyli goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, mezbonlar yaxshiroq ko‘ringan ikkinchi bo‘limda De Bryuyne «pushkasi» orqali javob berdi.

Javob bellashuvi 17 may kuni Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi yarimfinal juftligida hamshaharlar «Milan» va «Inter» o‘zaro to‘qnash keladi (10 va 16 may).

YeCHL. Yarimfinal
Birinchi o‘yin
Real — Manchester Siti 1:1
9 may, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Vinisius (36) — de Bryuyne (67).
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Kamavinga, Modrich (Nacho, 87), Kroos (Tchuameni, 84), Valverde, Vinisius, Rodrigo (Asensio, 81), Benzema.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Diash, Akanji, Stounz, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Grilish, Silva, Rodri, Holand.
Ogohlantirishlar: Kroos (45+3), Gundo‘g‘an (71), Kamavinga (79), Silva (86).