fbpx Betguru » Temur Kapadze — Hongkong ustidan g‘alaba, Eron bilan bo‘lajak o‘yin, tarkibdagi rotatsiya haqida
Saturday, 28 December 2024
← Go to the news

Temur Kapadze — Hongkong ustidan g‘alaba, Eron bilan bo‘lajak o‘yin, tarkibdagi rotatsiya haqida

O‘zbekiston olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo Kubogi U-23 saralashi 2-turidan o‘rin olgan Hongkongga (10:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barchani g‘alaba bilan tabriylayman. Muxlislar ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi. Rahmat.

Eronga qarshi o‘yin? Buni kichik final desa ham bo‘ladi. Raqibni o‘rganyapmiz. Ularning har bir chizig‘ida yaxshi o‘yinchilar yig‘ilgan. Ammo bizda ham ajoyib tarkib bor.

Afg‘oniston va Hongkong? Solishtirsak, afg‘onlar agressivroq harakat qilib, jang berishdi. Umuman olganda, ikkalasi ham himoyadan o‘ynaydigan jamoalar. Aslida bunday jamoalarga 8-10ta gol urish oson emas.

Ikki o‘yinda ikki xil tarkib tushirdik. Sababi — klubida o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarni formaga qaytarish. Bu — milliy jamoa. Raqobat bo‘lgani yaxshi. Rotatsiya qila olyapmiz. Asosiy futbolchi degan narsa yo‘q. Eron bilan o‘yinda kimni asosiy tarkibda tushirish — bizning «boshog‘rig‘imiz». Muhimi, kim qancha o‘ynasa ham, o‘sha daqiqalardan unumli foydalanishi kerak.

Po‘latxo‘ja Xoldorxonov tarkibga olinmagani? Faqat 23 futbolchini kirita olardim. Holatidan kelib chiqib, 6 nafar hujumkor o‘yinchini tanladik. Po‘latxo‘jani bilamiz, u hali kelajakda milliy jamoalarga ko‘p foyda keltiradi»,

Ma’lumot uchun, so‘nggi turda 12 sentyabr kuni O‘zbekiston va Eron guruh g‘olibini aniqlashadi. Ikkala jamoa ham dastlabki ikki turda g‘alaba qozondi. Hozircha to‘plar nisbatiga ko‘ra Temur Kapadze jamoasi peshqadam bo‘lib turibdi.

image