fbpx Betguru » «Sparta» — 9 yillik tanaffusdan so‘ng Chexiya chempioni
Monday, 16 September 2024
← Go to the news

«Sparta» — 9 yillik tanaffusdan so‘ng Chexiya chempioni

«Sparta» 9 mavsumda birinchi marta Chexiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Brayan Priske jamoasi 34-turda «Slovatsko» bilan durang o‘ynadi (0:0) va chempionlikni kafolatladi.

Bungacha pragaliklar oxirgi marta 2013/14 yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Hammasi bo‘lib, «Sparta» milliy chempionatda 13 bor g‘olib bo‘lgan, bu — Chexiyadagi eng yaxshi natija. Ikkinchi o‘rinda bu yil kumush medallarni qo‘lga kiritgan «Slaviya» joylashgan — 7ta chempionlik.

image