← Go to the news
18.10.2023
132
Futbol
Pokiston JCH saralash bosqichida tarixidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, «G» guruhidan o‘rin oldi
17 oktyabr kuni Osiyoda JCH-2026 birinchi saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Pokiston milliy jamoasi o‘z maydonida Kamboja milliy jamoasiga qarshi saf tortib, minimal hisobda g‘alabaga erishdi – 1:0.
Shu tariqa, ushbu muvaffaqiyat Pokiston milliy jamoasining jahon chempionati saralash bosqichi tarixidagi ilk g‘alabasiga aylandi va ular ikkinchi saralash bosqichiga yo‘llanma olishdi. Pokiston «G» guruhida Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Tojikiston bilan bir guruhdan o‘rin oldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 ikkinchi saralash bosqichida Eron, Turkmaniston va Hongkong/Butan o‘yini g‘olibi bilan «E» guruhidan joy oladi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan