← Go to the news

13.09.2023
4983
Futbol
Pereyra 9:0 hisobidagi g‘alaba haqida: «Ronaldu o‘ynaganida ham natija shunday bo‘lardi»
Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Danilu Pereyra Yevro-2024 saralashi 6-turidan o‘rin olgan Lyuksemburgga (9:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bellashuvni jamoa sardori Krishtianu Ronaldu diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yubordi.
«Agar Ronaldu o‘ynaganida ham, natija shunday bo‘lardi. U gol va assistlari bilan yordam berardi.
9ta gol farqi bilan g‘alaba qozonganimiz Krishtianuning yo‘qligi uchun emas», — deya Daniluning so‘zlarini keltiradi O Jogo.