← Go to the news
09.10.2023
154
Futbol
Osiyo O‘yinlari. Janubiy Koreya Yaponiyani mag‘lub etib, ketma-ket uchinchi marta chempionga aylandi
Osiyo O‘yinlari-2022 futbol dasturi finalida Janubiy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi bahs yakuni yetdi.
Uchrashuvda yaponlar 19-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa-da, koreyslar ikkita gol bilan javob qaytarib, yakunda turnir g‘olibiga aylanishdi – 2:1.
Shu tariqa, O‘zbekistonni turnir yarimfinalida mag‘lub etgan jamoa chempionga aylangan bo‘lsa, Yaponiya kumush medali, O‘zbekiston esa bronza egasiga aylandi. Qayd etish joiz, Janubiy Koreya ketma-ket so‘ngi uchta Osiyo O‘yinlarida (2010, 2018, 2022) tengsiz bo‘ldi. Bu orqali koreyalik o‘yinchilar majburiy harbiy xizmatdan ozod etilishadi.
Osiyo O‘yinlari. Futbol. Final
Janubiy Koreya – Yaponiya 2:1
Gollar: Jong Vu 26, Choy 56 – Uchino 19.