← Go to the news
02.11.2023
155
Futbol
«Oltin to‘p» tarixidagi «o‘g‘irlik»lar reytingi tuzildi — Messiga 3ta, Ronalduga 1ta sovrin nohaq berilgan (top-10)
FourFourTwo talqiniga ko‘ra, Lionel Messi 3 bor «Oltin to‘p»ni nohaq yutgan.
Britaniya nashri mukofot tarixidagi 10ta asosiy «o‘g‘irlik» ro‘yxatini tuzdi.
- Robert Levandovski 2021 yilda Messi o‘rniga, 2020 yilda ham sovrinni olishi kerak edi.
- Terri Anri 2003 yilda Pavel Nedved va 2004 yilda Andrey Shevchenkodan ko‘ra ko‘proq loyiq edi.
- Uesli Sneyder 2010 yilda Messi o‘rniga olishi kerak edi.
- Krishtianu Ronaldu 2013 yilda Frank Riberiga yutqazishi kerak edi.
- Messi 2019 yilda Virjil van Deykdan ko‘ra munosib emasdi.
- Ronaldu, Muhammad Saloh va Antuan Grizmann 2018 yilgi «Oltin to‘p»ga Luka Modrichdan ko‘proq loyiq edi.
- 1956 yilda Stenli Metyusning o‘rniga Alfredo Di Stefano sovrinni olishi kerak edi.
- 2001 yilda mukofot Maykl Ouenga emas, Oliver Kan yoki Raulga berilishi kerak edi.
- Luis Suaresning 1960 yildagi sovriniga Ferens Pushkash ko‘proq loyiq edi.
- Janluiji Buffon 2006 yilda Fabio Kannavarodan ko‘ra «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga loyiq edi.
Ta’kidlash kerakki, reyting dushanba kungi marosim — Messi Erling Holandni ortda qoldirib, 8-bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishidan oldin e’lon qilingan.