← Go to the news
17.11.2023
150
Futbol
Mari-Luiza Eta Bundesliga tarixidagi ilk ayol murabbiyga aylandi
Bundesliga tarixida birinchi marta erkaklar jamoasining murabbiylar shtabiga ayol kishi qo‘shildi.
«Union» Urs Fisher jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatilganini e’lon qildi. Marko Grote esa uning vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
51 yoshli mutaxassisning murabbiylar shtabiga 32 yoshli Mari-Luiz Eta ham kirdi. U Bundesliga tarixidagi birinchi ayol murabbiyga aylandi. Avvalroq Eta Grote bilan Berlin klubining yoshlar jamoasida ham ishlagan.