← Go to the news
03.06.2023
225
Futbol
Marek Hamshik mavsum yakunida faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
«Napoli» sobiq futbolchisi Marek Hamshik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
Turkiyaning «Trabzonspor» klubi sharafini himoya qilayotgan 35 yoshli xavbek mavsum yakunida butsasini mixga ilishini ma’lum qilgan.
«Mavsum yakunida faoliyatimni tugataman. «Trabzonspor» men o‘ynagan so‘nggi klub bo‘ladi. Faoliyatim davomida to‘p surgan barcha klublardan minnatdorman. Nimaga erishgan bo‘lsam, barchasidan faxrlanaman», – deydi slovakiyalik o‘yinchi.
Ma’lumot uchun, Hamshik «Napoli» safida 12 yil davomida to‘p surib, 520ta o‘yin bilan klub rekordchisi sanaladi. Shuningdek, Marek 136 o‘yin bilan Slovakiya milliy jamoasi rekordchisi sanaladi. U faoliyati davomida «Slovan», «Breshiya», «Dalyan Pro» va «Geteborg» klublari sharafini himoya qilgan.