fbpx Betguru » Keyn: «Tottenhem»da ketma-ket ikki mag‘lubiyat fojia sanalmasdi, «Bavariya»da esa yirik g‘alabadan ham mamnun bo‘lishmaydi»
Tuesday, 24 December 2024
← Go to the news

Keyn: «Tottenhem»da ketma-ket ikki mag‘lubiyat fojia sanalmasdi, «Bavariya»da esa yirik g‘alabadan ham mamnun bo‘lishmaydi»

Harri Keyn turnirlarning final bosqichi o‘zi uchun muhim bo‘lgan mamlakatlarda o‘tkazilishi haqida gapirdi.

«Menga Chempionlar Ligasi finali «Uembli»da bo‘lishini aytishdi va, shuningdek, Yevro-2024 Germaniyada bo‘lishini bilaman. Hamma narsani amalga oshirishga harakat qilaman. Chempionlik haqda ko‘p o‘ylashni xohlamayman, lekin bu sodir bo‘lsa, ajoyib bo‘ladi.

«Bavariya»da «Tottenhem»ga nisbatan butunlay boshqacha bosim bor. Men va «shporlar» nimadir yutmoqchi edik, lekin u yerda ketma-ket ikki mag‘lubiyat falokat hisoblanmasdi. «Bavariya»da esa har bir o‘yinda g‘alaba qozonish kerak, degan tuyg‘u bor.

Dastlabki ikki o‘yinda 4:0 va 3:1 hisobida g‘alaba qozondik, ammo o‘yinimizdan hamma ham mamnun emasdi. Bunday turli tuyg‘ularni qabul qilganimdan xursandman. Umid qilamanki, sovrinlar uchun kurashish tajribasi Chempionlar Ligasida va Angliya milliy jamoasida duch keladigan ba’zi vaziyatlarda bosimni engishga yordam beradi», — deya myunxenliklar hujumchisining so‘zlarini keltiradi The Guardian.

image