fbpx Betguru » JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Turkmanistonda kambek qayd etib, turnirni g‘alaba bilan boshladi
Sunday, 24 November 2024
← Go to the news

JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Turkmanistonda kambek qayd etib, turnirni g‘alaba bilan boshladi

Bugun, 16 noyabr kuni Osiyo qit’asida JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralashi 2-bosqich 1-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi safarda Turkmanistonga qarshi maydonga tushdi.

Ashxoboddagi sun’iy qoplamali maydonda o‘tgan bahsning 1-bo‘limi yakunida mezbonlar kutilmagan zarba bilan O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol etishdi – 1:0.

Srechko Katanets 2-bo‘limda Abbosbek Fayzullayev va Igor Sergeyevni maydonga tushirgach, vaziyat o‘zgardi. Otabek Shukurov Eldor Shomurodovning uzatmalaridan keyin 57 va 77-daqiqada gol kiritib, vakillarimizni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

90+1-daqiqada esa bu safar Otabek Shukurov assistent rolini bajarib, Shomurodovni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va Eldor ishonchli hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi – 3:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston E guruhida turnirni g‘alaba bilan boshlab, 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Eron esa Hongkongga qarshi o‘ynaydi. Katanets shogirdlari 2-turda 21 noyabr kuni Toshkentda Eronga qarshi saf tortadi.

JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralashi. 2-bosqich.

1-tur. 16 noyabr (payshanba). E guruhi

Turkmaniston – O‘zbekiston – 1:3

Hakam: Hiroyuki Kimura (Yaponiya)

Gollar: Meylis Durdiyev 44 – Otabek Shukurov 57, 77, Eldor Shomurodov 90+1

Turkmaniston: 23.Rahat Japarov, 2.Guychmurat Annaguliyev, 3.Shohrat Soyuunov, 4.Meylis Durdiyev (6.Alibek Abdurahmonov, 79), 8.Ruslan Mingazov (14.Sanazar Tirkisov, 78), 10.Elman Tagayev, 13.Velmurat Ballakov (20.Selim Nurmiradov, 61), 15.Abdi Bashimov, 17.Altinmurad Annadurdiyev (7.Arslanmirat Amanov, 61), 18.Yazgilich Gurbanov, 21.Teymur Choriyev.

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov (13.Sherzod Nasrullayev, 75), 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 11.Oston O‘runov (22.Abbos Fayzullayev, 55), 14.Eldor Shomurodov, 15.Abduqodir Husanov, 19.Azizbek Turg‘unboyev (21.Igor Sergeyev, 55), 23.Husniddin Aliqulov.

image