← Go to the news

31.05.2023
220
Futbol
Gvardiola APLda 4-bor mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Xosep Gvardiola Premer-ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi «Manchester Siti» qatorasiga 3-bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Gvardiola 4-marta APLda eng yaxshi murabbiyga aylandi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Joze Mourino va Arsen Vengerni ortda qoldirdi. Pep faqat 11 bor sovrinni qo‘lga kiritgan Aleks Fergyusondan ortda qolmoqda.
«Xursandman, bu — katta sharaf. Kelgusi mavsumda yana chempionlik uchun kurashamiz», — dedi «shaharliklar» bosh murabbiyi.