fbpx Betguru » Gretsiya chempionati. Masharipov asosiy tarkibdagi debyutini o‘tkazgan bahsda assist qayd etdi, «Panserraikos» kambek qildi
Monday, 24 February 2025
← Go to the news

Gretsiya chempionati. Masharipov asosiy tarkibdagi debyutini o‘tkazgan bahsda assist qayd etdi, «Panserraikos» kambek qildi

Gretsiya Superligasi 10-turi doirasida «Panserraikos» o‘z maydonida OFI jamoasini qabul qildi.

Ushbu bahsda o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibdagi debyutini o‘tkazdi va 24-daqiqada jamoadoshi Zisisning hisobni tenglashtiruvchi goliga assistentlik qildi – 1:1.

Masharipov 76-daqiqada o‘rnini Keyn Vuleriga bo‘shatib berdi. 88-daqiqaga kelib Murgos penaltidan mezbonlarga g‘alaba keltirdi – 2:1.

Gretsiya Superligasi. 10-tur

Panserraikos – OFI – 2:1

Gollar: Zisis 24, Murgos 88 penalti – Riyera 16.

Shu tariqa, «Panserraikos» 12 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda, OFI esa 13 ochko bilan 7-o‘rindan joy olgan.

image