← Go to the news

31.05.2023
688
Futbol
«Galatasaroy» — 23 karra Turkiya chempioni
«Galatasaroy» muddatidan avval Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Okan Buruk shogirdlari «Ankaraguju»ni (4:1) mag‘lub etib, bir tur qolganida chempionlikni kafolatlashdi. 2-o‘rindagi «Fenerbahche» bilan farq — 5 ochko, ular so‘nggi turda to‘qnash kelishadi.
«Galatasaroy» 2018/19 yilgi mavsumdan keyin ilk bor Turkiyada tengsiz klubga aylandi.
Bu — 23 chempionlik. Keyingi o‘rinlardagi «Fenerbahche» 19 marta, «Beshiktosh» 16 bor g‘olib bo‘lgan.