Futzal. 7ta gol kiritilgan o‘rtoqlik bahsida O‘zbekiston Yaponiyaga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi ispaniyalik murabbiy Xose Venansio Lopes qo‘l ostidagi ikkinchi o‘yinni ham Yaponiyaga qarshi o‘tkazdi.
Toshkentdagi o‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa-da, kunchiqar yurt vakillari bilan bahs kurashlarga boy o‘tdi. Shu kuni vakillarimizga bir qator yetakchilar yordam bera olishmadi.
Futzalchilarimiz o‘yin davomida 1:3 hisobini 3:3ga aylantira olishdi, ammo 38-daqiqada yaponlar g‘alaba golini kiritishdi. Bahs yakuniga 15 soniya qolganda esa Ilhom Hamroyev penaltidan foydalana olmadi. Shu tariqa, jamoamiz ikki kun ichidagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida ham alamli mag‘lubiyatni tan oldi. Kechagi bahsda 0:2 hisobi qayd etilgandi.
O‘rtoqlik o‘yini. Toshkent. 23 noyabr
O‘zbekiston – Yaponiya – 3:4
Gollar: Jamshid Rahmatullayev 5ʼ, Elbek To‘lqinov 26ʼ, Ilhomjon Hamroyev 36ʼ – Takumi Nagasaka 5ʼ, 6ʼ, Sora Kanazava 15ʼ, Yuto Tutsumi 38ʼ
Noaniq penalti: Hamroyev, 39.
O‘zbekiston: 16.Abbos O‘lmasbekov, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhomjon Hamroyev, 9.Elbek To‘lqinov, 10.Abdulla Solihov.
Zaxira: 1.Ravshan Eliboyev, 3.Mashrab Odilov, 5.Fazliddin Botirov, 8.Ravshan Ismatullayev 11.Akbar Usmonov 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Jamshid Rahmatullayev, 17.Asli Muhammadiyev, 19.Akmal Elmurodov.