← Go to the news

23.10.2023
137
Futbol
Del-Pero: «A Seriya futboli zerikarli, saviya avvalgiga nisbatan tushgan»
Alessandro Del-Peroning fikricha, A Seriya saviyasi tushib ketgan.
«Italiyada futbol zerikarli bo‘lib qoldi, chunki saviya avvalgiga nisbatan pasaygan.
Ilgari Yevropaning eng yaxshi futbolchilari bu yerga kelishgan bo‘lsa, endi ular Premer-liga yoki La Ligaga yo‘l olishadi. Hatto Fransiya yoki Germaniyaga ham», — dedi «Yuventus»ning sobiq hujumchisi Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.