← Go to the news
![](https://www.betguru.info/wp-content/uploads/2023/05/Barselona-La-Ligada-quruq-o‘yinlar-1.png)
30.05.2023
495
Futbol
«Barselona» La Ligada «quruq o‘yinlar» soni bo‘yicha «Deportivo»ga tegishli rekordni takrorladi
«Barselona» Ispaniya chempionati 37-turida «Malorka»ni mag‘lub etdi (3:0).
Natijida kataloniyaliklarning bu mavsumda La Ligada to‘p o‘tkazib yubormagan o‘yinlari 26taga yetdi. Bu — 1993/94 yilgi mavsumda «Deportivo» tomonidan o‘rnatilgan liga rekordning takrorlanishi.
Agar «Barsa» 4 iyun kuni so‘nggi turda «Selta»dan to‘p o‘tkazmasa, mutlaq rekordchiga aylanadi.