APL. «Nottingem» 7ta gol urilgan o‘yinda «Sauthempton»ni mag‘lub etib, «xavfli hudud»dan yuqoriladi
Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda jadvalda so‘nggi ikki o‘rinni egallab turgan jamoalar to‘qnash kelishdi. Unda «Nottingem Forest» «Sauthempton» ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Natijada «Nottingem» ochkolarini 33taga yetkazib, 16-o‘ringa ko‘tarildi. «Sauthempton» esa 24 ochko bilan oxirgi pog‘onada qoldi va Chempionshipga tushib ketishi deyarli ma’lum bo‘ldi, chunki 3ta tur qolganida jamoa 17-o‘rindagi «Everton»dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.
APL. 35-tur
Nottingem Forest — Sauthempton 4:3
8 may, «Siti Graund»
Gollar: Avoniyi (18, 21), Gibbs-Uayt (44, penalti), Danilo (73) — Alkaras (25), Lyanko (51), Uord-Prouz (90+6, penalti).
Nottingem Forest – Navas, Ore (Uorrell, 64), Felipe, Niakate, Lodi (Toffolo, 81), Mangalya, Yeyts (Kuyate, 70), Danilo, Gibbs-Uayt, Jonson (Boli, 81), Avoniyi (Serrij, 81).
Sauthempton – Makkarti, Uoker-Piters, Bednarek, Bella-Kochap (Lyanko, 38), Meytlend-Naylz, Armstrong (Edozi, 76), Uord-Prouz, Alkaras (Armstrong, 76), Lavia, Uolkott (Sulemana, 61), Adams (Onuachu, 76).
Ogohlantirish: Lodi (78).