Ferran bilan yangi shartnoma imzolagan taqdirda «Barselona» «Siti»ga 8 mln yevro to‘lab berishga majbur bo‘ladi
Kataloniyaliklar uchun qo‘shimcha chiqim paydo bo‘ldi.
«Barselona» hujumchi Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirmoqchi bo‘lsa, «Manchester Siti»ga 8 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Jurnalist Matteo Morettoning Marca nashriga xabar berishicha, bunday band 2022-yil yanvar oyida futbolchining transferi chog‘ida kataloniyaliklar va «Siti» o‘rtasidagi shartnomada qayd etilgan.
Torresning «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi, «Barselona» esa bir necha oydan beri uni uzaytirish bo‘yicha faollik ko‘rsatmayapti. Hozirda hujumchi klub uchun ustuvor vazifa emasligini anglab turibdi.
Manbaga ko‘ra, Torres keyingi mavsumda shartnomasini uzaytirmasdan «Barselona»da qolishi mumkin, biroq «PSJ»ning qiziqishi vaziyatni o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Parijliklar bil
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan