fbpx Betguru » Simeone «Barselona» bilan 4:4 haqida: «Hisob 2:0 bo‘lganida o‘zimga «Bunchalik quvonmaslik kerak», degandim»
Monday, 3 March 2025
← Go to the news

Simeone «Barselona» bilan 4:4 haqida: «Hisob 2:0 bo‘lganida o‘zimga «Bunchalik quvonmaslik kerak», degandim»

Diyego Simeone «Barselona» bilan o‘yindagi jangovar durang haqida fikrini bildirdi.

Ispaniya Kubogi yarimfinalining birinchi bahsi 4:4 hisobida yakunlandi. «Atletiko» 6-daqiqada 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo 84-daqiqada kataloniyaliklar hisobni 2:4ga yetkazdi, yakunda esa Lorente va Serlottning goli Madrid klubiga durangni taqdim etdi.

«Biz burchak zarbalarini yaxshiroq ijro etish ustida ishlashimiz lozim, chunki bu vaziyatlarda yaxshi o‘ynay olmadik. Raqib ikkinchi bo‘limni yaxshiroq boshladi, hisob 4:2 bo‘ldi, Grizmannning dublga erishish imkoniyati ham bor edi. Fikrimcha, zaxiradan tushgan futbolchilar jamoaga jangovarlik qo‘shdi, bu esa ko‘proq hujum qilish imkoniyatini yaratdi.

O‘yin oson kechmadi, futbolchilar xarakter ko‘rsatishdi, bu esa meni quvontirdi. Ochiq o‘yin bo‘ldi, javob bahsida ikki jamoada ham imkoniyat bor. 2 aprelgacha hali vaqt ko‘p, oldimizda qator o‘yinlar turibdi. Javob bahsi haqida o‘ylash vaqti ham keladi.

Ikkita standart vaziyatdan gol o‘tkazganimiz meni xafa qildi. Bu borada ishlashimiz shart. Hisob 2:4 bo‘lganda ularning maydonida o‘yinni o‘zgartirish oson emas edi, ammo biz uddaladik.

2:0 bo‘lganida o‘zimga: «Bunchalik quvonmaslik kerak, chunki barchasi bunday oson bo‘lmaydi», – degandim. Yakuniy natija 4:4 bo‘ldi, bu esa shubhasiz, muxlislarimiz uchun juda quvonchli holat», – dedi «Atletiko» bosh murabbiyi.

image