
A Seriya. «Inter» «Fiorentina»ni mag‘lub etib, «Napoli» bilan farqni minimallashtirdi
Italiya chempionatining 24-turida «Inter» o‘z maydonida «Fiorentina»ni qabul qilib, qoldirilgan o‘yindagi mag‘lubiyat (0:3) uchun qiyinchilik bilan bo‘lsa-da revansh oldi.
Amaldagi chempion ochkolarini 54 taga yetkazib, peshqadam «Napoli» (55) bilan farqni qisqartirdi. Florensiya klubi 42 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.
A Seriya. 24-tur
Inter — Fiorentina 2:1
10 fevral, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Pongrachich (28, avtogol), Arnautovich (52) — Mandragora (44, penalti).
Inter – Zommer, Bastoni (Zalevski, 65), Acherbi, Pavar, Karlos Augusto, Mxitaryan (Frattezi, 65), Chalxono‘g‘li (Zelinski, 46), Barella, Darmian, Martines, Tyuram (Arnautovich, 28).
Fiorentina – De Xea, Raniyeri, Pongrachich, Moreno (Fajoli, 66), Beltran (Zaniolo, 67), Gozens, Parizi (Folorunsho, 62), Mandragora (Gudmundsson, 80), Richardson (Kataldi, 62), Dodo, Ken.
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (36), Richardson (39), Chalxono‘g‘li (45+2), Parizi (45+2)