← Go to the news

22.01.2025
34
Futbol
Rafinya Ispaniya Cuperkubogi finalidan oldin jamoadoshlariga tilla bilan qoplangan iPhone sovg‘a qilgan
Rafinya «Barselona» o‘yinchilariga sovg‘a hozirladi.
Relevo xabariga ko‘ra, «Real»ga qarshi Ispaniya Superkubogi finali (5:2) oldidan kataloniyaliklar vingeri jamoadoshlariga «Barselona» ramzi tushirilgan, o‘yinchilarning familiyasi va raqami tushirilgan smartfonlarni sovg‘a tariqasida topshirgan.
Rafinya avvalroq «Golden Boy» mukofotini qo‘lga kiritgan Lamin Yamalga ham shunday sovg‘a bergandi.
Ushbu «ayfon»lar dizayni Rafinya bilan hamkorlik qiluvchi I Design Gold kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.