La Ligada ham kambek. «Atletiko» «Sevilya» bilan o‘yinda 1:3 hisobida yutqaza turib, g‘alabani ilib ketdi
Ispaniya chempionatining 16-turida «Atletiko» o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qilib, ikki to‘p farqidagi mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi. 7 gol urilgan o‘yinda Grizmann dubl qayd etdi.
Shu tariqa Simeone jamoasining barcha turnirlar doirasidagi g‘alabali seriyasi 9 o‘yinga yetdi.
Endi «matraschilar» turnir jadvalida 35 ochko bilan 3-o‘rinda va peshqadam «Barselona»dan (38) bir o‘yin kam o‘tkazgan. 19 ochkosi bor «Sevilya» 13-pog‘onada qoldi.
La Liga. 16-tur
Atletiko — Sevilya 4:3
8 dekabr, «Metropolitano»
Gollar: De Paul (10), Grizmann (62, 90+4), Lino (79) — Lukebakio (12), Romero (32), Sanches (57).
Atletiko – Oblak, Galan, Langle (Vitsel, 79), Ximenes, Lorente, Gallaher (Syorlot, 63), Barrios, De Paul (Koke, 63), Simeone (Lino, 75), Alvares (Korrea, 75), Grizmann.
Sevilya – Alvaro Fernandes, Salas, Bade, Karmona, Gudel, Sou, Agume (Montiel, 80), Xuanlu Sanches, Peke (Saul, 63), Romero, Lukebakio.
Ogohlantirishlar: Barrios (48), Agume (49), Alvaro Fernandes (67), Alvares (72), Saul (76).