RPL. SSKA «Rubin»ga 90+6-daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Rossiya chempionati 17-turida SSKA o‘z maydonida «Rubin»ni qabul qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Mezbonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev to‘liq harakat qildi. Mehmonlar tarkibidagi o‘zbekistonliklar — Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev zaxirada qoldirildi.
Durangdan so‘ng SSKA 28 ochko bilan 6-o‘ringa, Qozon klubi esa 23 ochko bilan 7-pog‘onaga joylashgan.
RPL. 17-tur
SSKA — Rubin 2:2
30 noyabr, «VEB Arena»
Gollar: Lukin (63, 90+6) — Daku (43), Teslenko (52).
SSKA – Akinfeyev, Moyzes, Lukin, Diveyev, Krugovoy (Bistrovich, 70), Kislyak (Jemaletdinov, 62), Pyanich, Kelven (Glebov, 85), Fayzullayev, Oblyakov, Musayev (Guarirapa, 62).
Rubin – Staver, Rojkov (Nijegorodov, 90+8), Kabutov, Gritsayenko, Vuyachich, Teslenko, Chumich (Fameye, 85), Ivu, Yochich (Xoja, 68), Shabanxajay (Bezrukov, 68), Daku (Ivanov, 85).
Ogohlantirishlar: Yochich (21), Ivu (35), Kabutov (41), Lukin (73), Raximov (77), Bezrukov (88).
Chetlatish: Kabutov (65).