«Botafogo» — o‘z tarixida ilk bor Libertadores Kubogi g‘olibi
Libertadores Kubogida finalida Braziliyaning ikki jamoasi to‘qnash keldi.
Argentina poytaxtida o‘tgan bellashuvda 2-daqiqadayoq kamchilikda qolgan «Botafogo» iroda ko‘rsatdi va deyarli butun bahsda bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan «Atletiko Mineyro»ni mag‘lub etishni uddaladi.
Tarkibida Yevropa futboliga tanish — Luis Enrike, Aleks Telles, Allan kabi o‘yinchilari bo‘lgan «Botafogo» o‘z tarixida ilk bor KONMEBOL qit’asining klublar o‘rtasidagi eng nufuzli kubogini qo‘lga kiritdi.
Libertadores Kubogi. Final
Atletiko Mineyro — Botafogo 1:3
30 noyabr. Buenos-Ayres
Gollar: Vargas (47) — Luis Enrike (35), Telles (44, penalti), Junior Santos (90+7).
Atletiko Mineyro – Everson, Alonso, Voynovich (Mariano, 46), Battalya, Arana, Franko, Vera (Bernard, 46), Skarpa (Vargas, 46), Paulino, Deyverson (Alan Kardek, 76), Halk.
Botafogo – Jon, Telles (Marsal, 58), Barbosa, Adrielson, Vitino, Gregore, Freytas, Almada (Junior Santos, 80), Savarino (Danilo, 58), Luis Enrike (Martins, 79), Igor Jezus (Allan, 90+3).
Ogohlantirishlar: Battalya (30), Voynovich (45+1), Vera (45+2), Telles (45+3), Almada (79), Halk (90+2), Vitino (90+4), Junior Santos (90+9).
Chetlatish: Gregore (2).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan