A Seriya. «Yuventus» «Inter»ga qarshi «karnaval»da ikki bor kambek qilib, durangga erishdi
Italiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda gollar yomg‘iri bo‘ldi.
Amaldagi chempion mehmoni bo‘lgan «Yuventus» marta kambek amalga oshirib, yakunda 4:4 hisobidagi jangovar durangni qayd etdi.
Mezbonlardan Zelinski penaltilardan dublga erishgan bo‘lsa, turinlik safida zaxiradan qo‘shilgan Yildiz ikki goli bilan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Durangdan so‘ng «Inter» 18 ochko bilan ikkinchi, «Yuventus» 17 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi. Ushbu turda g‘alaba qozongan «Napoli» (22) bilan farq oshdi.
A Seriya. 9-tur
Inter — Yuventus 4:4
27 oktyabr, «Juzeppe Meatssa»
Gollar: Zelinkski (15 penalti, 77 penalti), Mxitaryan (35), Dumfris (53) — Vlahovich (20), Vea (27), Yildiz (71, 82).
Inter – Zommer, Bastoni, de Vrey, Pavar (Bissek, 63), Dimarko (Darmian, 77), Dumfris, Mxitaryan, Zelinski (Frattezi, 63), Barella, Martines, Tyuram (Torimiy, 87).
Yuventus – Di Gregorio, Kabal, Danilo (Gatti, 77), Kalulu, Kambiyazo, Lokatelli, Makkenni (Tyuram, 83), Vea (Yildiz, 62), Fajoli (Savona, 61), Konseysau, Vlahovich (Mbangula, 77).
Ogohlantirishlar: Danilo (52), Pavar (59), Dumfris (75).