fbpx Betguru » Rodrigo «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Sunday, 24 November 2024
← Go to the news

Rodrigo «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

«Real» vingeri Rodrigo «El-Klasiko»ni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Madridliklar vingeri «Borussiya»ga qarshi uchrashuvning (5:2) 85-daqiqasida jarohat olib, maydonni oqsoqlanib tark etgandi.

Qayd etilishicha, Rodrigo «Barselona»ga qarshi o‘tadigan 26 oktyabr, shanba kungi uchrashuvni aniq o‘tkazib yuboradi. Uning qachon safga qaytishi payshanba kuni o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvdan so‘ng ma’lum qilinadi.

Avvalroq, Tibo Kurtua ham jarohat olgani va uning «El-Klasiko»da ishtirok etishi so‘roq ostida ekani ma’lum qilingandi.

image