fbpx Betguru » APL. «Arsenal» «Bornmut» bilan o‘yinda dastlabki mag‘lubiyatni tan oldi, Saliba 30-daqiqada chetlatildi
Tuesday, 22 October 2024
← Go to the news

APL. «Arsenal» «Bornmut» bilan o‘yinda dastlabki mag‘lubiyatni tan oldi, Saliba 30-daqiqada chetlatildi

APL 8-turi doirasida shanba kungi so‘nggi uchrashuv yakunlandi.

Turnir peshqadamlaridan biri «Arsenal» safarda «Bornmut» mehmoni bo‘lib, kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. 30-daqiqada londonliklar himoyachisi Saliba so‘nggi umid foli uchun maydondan chetlatilgach, Mikel Arteta shogirdlari 10 kishi bo‘lib, raqibga bas kela olishmadi. 70-daqiqada Kristi hisobni ochgan bo‘lsa, 79-daqiqada Klyuyvert tomonidan penaltidan kiritilgan gol mehmonlarning APL joriy mavsumidagi dastlabki mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi – 0:2.

Shu tariqa, «Arsenal» 17 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda, «Bornmut» esa 11 ochko bilan «MYU»ni 11-o‘ringa tushirib, 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Qizil kartochka olgan Saliba keyingi turda «Liverpul»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

APL. 8-tur

Bornmut – Arsenal 2:0

Голлар: 1:0 – 70 Kristi, 2:0 – 79, penalti Klyuyvert.

Bornmut – Arrisabalaga, Kerkez, Senesi, Zabarnыy, Arauxo (Smit, 46), Kuk, Skott (Klyuyvert, 63), Semeno, Taverne (Kristi, 63), Uattara (Sinisterra, 63), Evanilson (Unal, 82).

Arsenal – Rayya, Kalafori, Gabriel, Saliba, Uayt, Rays, Parti, Trossard (Martinelli, 64), Merino (Nvaneri, 81), Sterling (Kiver, 37), Haverts.

Ogohlantirishlar: Semeno (63), Uayt (68).

Chetlatish: Saliba (30).

image